Google TV platformasi 300 million faol qurilmalar marrasini zabt etdi

Google TV platformasi 300 million faol qurilmalar marrasini zabt etdi

Google I/O 2026 konferensiyasida dunyo boʻylab Google TV va Android TV tizimlarida ishlovchi faol qurilmalar soni 300 millionga yetgani rasman eʼlon qilindi. Ushbu koʻrsatkich platformaning global miqyosdagi keng quloch yoyganidan dalolat beradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Biroq, statistik maʼlumotlar oʻsish surʼatlarining sezilarli darajada sekinlashganini koʻrsatmoqda. Masalan, 2023-yilda faol qurilmalar soni 150 millionni tashkil etgan boʻlsa, oradan bir yarim yil oʻtib bu raqam 270 millionga yetgan edi. Oxirgi hisobot davrida esa oʻsish bor-yoʻgʻi 11 foizni tashkil etdi, bu avvalgi yillardagi natijalardan ancha pastdir.

Ekspertlarning fikricha, bunday pasayish smart-televizorlar bozoridagi toʻyinish bilan bogʻliq. Avvalroq koʻplab yirik brendlar oʻzlarining xususiy operatsion tizimlaridan voz kechib, Google TV platformasiga oʻtgan edi, bu esa keskin sakrashni taʼminlagan. Hozirda esa bozor barqarorlashuv bosqichiga kirdi.

Garchi Google TV Yevropa kabi mintaqalarda yetakchi kuch boʻlib qolayotgan boʻlsa-da, tahlilchilar yaqin yillarda uning bozor ulushi biroz qisqarishi mumkinligini taxmin qilmoqdalar. Raqobatning kuchayishi va muqobil platformalarning rivojlanishi Google uchun yangi chaqiriqlarni yuzaga keltirmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.