Barak Obama so‘zlagan nutqi uchun 400 ming dollar gonorar oladi

Barak Obama so‘zlagan nutqi uchun 400 ming dollar gonorar oladi
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama sog‘liqni saqlashga bag‘ishlab o‘tkaziladigan anjumanda so‘zlaydigan nutqi uchun rekord darajadagi – 400 ming dollar gonorar oladi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Oq uyning sobiq rahbari Uolt-stritda sog‘likni saqlashga bag‘ishlangan anjumanda nutq so‘zlashga rozi bo‘ldi. Uning gonorari bu borada rekordchi bo‘lgan Xillari Klintonning gonoraridan ikki barobarga oshib ketdi.

Tashkilotchilar Obama jadvaldan qat’i nazar, boshqa muammolari chiqqanligi tufayli bitimni bekor qilishi mumkinligi haqida ham ogohlantirdi.

Nashr Obamaning bunday manfaatparastligidan jamoatchilik undan yuz o‘girmasligini, hozirgi hukumat amerikaliklarni qoniqtirmasligini ta’kidladi. Fox Business ning ma’lumot berishicha, nutq so‘zlash uchun to‘lanadigan gonorar iste’fodagi Amerika siyosatchilari daromadining salmoqli qismini tashkil etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.