Dubay o‘zining Microsoft shriftini ishlab chiqdi

Dubay o‘zining Microsoft shriftini ishlab chiqdi
Dubay shahzodasi shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Al Maktum Microsoft kompaniyasi bilan hamkorlikda Dubai Font deb nomlanuvchi o‘z shrifti ishlab chiqilgani haqida e’lon qildi. Bu haqda WAM – Amirliklar yangiliklar agentligi xabar qilmoqda, deb yozadi Kun.uz sayti.

«Dubai Font — shriftini joriy qilish raqamli dunyoda birinchi bo‘lish borasidagi urinishlarimizdagi muhim qadamdir», — degan shahzoda.

U, shuningdek, shrift «o‘qish va o‘z fikrlarini bildirishga turtki beruvchi ulkan xususiyatlarga ega» bo‘lib, 23 tilda qo‘llash mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.