Olimlar O‘zbekiston osmonida ko‘ringan noma’lum ob’ekt haqida ma’lumot berishdi

Olimlar O‘zbekiston osmonida ko‘ringan noma’lum ob’ekt haqida ma’lumot berishdi
19 mayga o‘tar kechasi O‘zbekiston osmonida sirli ob’ekt ko‘ringani haqida ma’lumot berilgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hodisa aks etgan surat va videolar keng tarqaldi.

Foydalanuvchilar turli versiyalarni bildirishdi - kimdir kometa, yana kimdir - raketa, ba’zilar esa uchar likobcha deya taxmin qilishdi.

Olimlar sirli ob’ektga doir barcha dalillarni o‘rganib, \"bu oddiy kosmik chiqindi\" degan qarorga kelishdi, deb yozadi Kun.uz. Ular ob’ektning harakat tezligini hisoblab, shunday xulosaga kelishgan. Ma’lum bo‘lishicha, ob’ekt juda sekin harakatlangan.

Noma’lum ob’ekt er atmosferasiga tushgach yonib ketgan bolid yoki meteor bo‘lishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.