Toshkentda mudhish YTH: Haydovchi vafot etdi

Toshkentda mudhish YTH: Haydovchi vafot etdi
Toshkent shaharida qayd etilgan navbatdagi mudhish yo‘l-transport hodisasi natijasida avtomobil haydovchisi vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmatidan xabar qilindi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasi 20 may, shanba kuni soat 11:30 atrofida Toshkentning Shayxontohur tumani, Mannon Uyg‘ur ko‘chasida ro‘y bergan.
Toshkentda mudhish YTH: Haydovchi vafot etdi
Haydovchi o‘ziga tegishli Spark rusumli avtomobilni Mannon Uyg‘ur ko‘chasi bo‘ylab boshqarib kelayotgan vaqtda tezlikni me’yordan oshirgan. Buning natijasida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil yo‘l chetiga cheqib ketib, beton ariq bilan to‘qnashgan.

Yo‘l transport hodisasidan olingan tan jarohatlari natijasida haydovchi shifoxonaga etib bormay vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.