Toshkentda mudhish YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda mudhish YTH sodir bo‘ldi
23 may kuni taxminan soat 16:30 da “Matiz” rusumli avtoulov haydovchisi Shayxontohur tumani Nurafshon ko‘chasi bo‘ylab boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan holda, yo‘l chetiga chiqib ketgan va katta tezlikda piyodalar yo‘lagi temir panjara ustuniga to‘qnashgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida avtoulovning 3 nafar yo‘lovchilari turli xil darajadagi tan jarohatlari olgan va ularning biri shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Bu haqda poytaxt IIBB rasmiy sayti xabar qiladi.
Toshkentda mudhish YTH sodir bo‘ldi
Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi (Transport vositasini foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Toshkent IIBB
Manba: Uz24.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.