Forbes dunyoning eng yosh va oila qurmagan milliarderlari ro‘yxatini e’lon qildi

Forbes dunyoning eng yosh va oila qurmagan milliarderlari ro‘yxatini e’lon qildi
Aleksandra Andersen
Forbes dunyoning eng yosh va oila qurmagan milliarderlari ro‘yxatini e’lon qildi
Aleksandra Andersen Forbes ro‘yxatiga otasi u va singlisiga “Ferd” sarmoya kompaniyasining 42 foiz ulushini berganidan so‘ng kiritildi. Hozir Aleksandra 1.2 milliard dollarlik mablag‘ning sohibasi. “Ferd” kompaniyasi Norvegiyadagi fond birja bozorida faol ishtirok etadi va bir qator kompaniyalarni boshqaradi.

Gustav Magner Vitze
Forbes dunyoning eng yosh va oila qurmagan milliarderlari ro‘yxatini e’lon qildi
Bu bo‘ydoq yigit 1.6 milliard dollarlik kapitalga ega. 2013 yilda Gustavning dadasi o‘g‘liga Salmar ASA kompaniyasining 47 foiz aksiyasini sovg‘a qilgan. Salmar ASA Norvegiyada eng yirik losos (qizil baliq) mahsulotlarini ishlab chiqaruvchisi sanaladi.

Jon Kollison
Forbes dunyoning eng yosh va oila qurmagan milliarderlari ro‘yxatini e’lon qildi
Jon o‘zining 1.1 milliard dollarlik boyligini o‘z mehnatining orqasidan qo‘lga kiritgan kam sonli yosh boyvachchalardan hisoblanadi. Kollison elektron to‘lovlar bilan faoliyat yuritadigan Stripe kompaniyasiga asos solgan.

Tom Person
Forbes dunyoning eng yosh va oila qurmagan milliarderlari ro‘yxatini e’lon qildi
Person omadli inson, u 2.1 milliard dollarlik kapital sohibi. Tomning bobosi Erling Person H&M kompaniyasi asoschisi bo‘lib, u o‘z boyligini nevarasiga meros qilib qoldirgan.

Dryu Hyuston
Forbes dunyoning eng yosh va oila qurmagan milliarderlari ro‘yxatini e’lon qildi
Dryu Hyuston 2007 yilda 24 yoshlik paytida fayllar almashinuvi xizmati bo‘lmish Dropbox tizimini o‘ylab topgan shaxs. Hozirda Dryu Dropbox kompaniyasi bosh direktori. Dryuga Dropbox g‘oyasini o‘ylab topishda sinfdosh do‘sti Arash Firdavsiy turtki bergan.

Robert Pera
Forbes dunyoning eng yosh va oila qurmagan milliarderlari ro‘yxatini e’lon qildi
Robert hozirgi vaqtda simsiz uskunalar ishlab chiqaruvchi Ubiquiti Networks kompaniyasi rahbari va 3 milliard dollar sohibi hamdir. U bir vaqtlar o‘z faoliyatini Apple kompaniyasida boshlagan, ammo u erda ishlari unchalik yurishmagan.

Bobbi Merfi va Evan Shpigel
Forbes dunyoning eng yosh va oila qurmagan milliarderlari ro‘yxatini e’lon qildi
Bobbi Merfi Snapchat messenjeri yaratuvchisi hisoblanadi. Hozirgi kunda Bobbi Merfi va uning loyiha bo‘yicha hamkori Evan Shpigel 4 milliard dollar ishlab topgan.

Trevis Kalanik
Forbes dunyoning eng yosh va oila qurmagan milliarderlari ro‘yxatini e’lon qildi
Trevis Kalanik Uber taksi xizmati kompaniyasining bosh direktori va ta’sischisi hisoblanib, uning kompaniyasi 58 mamlakatning 300 dan ortiq shaharlarida mijozlarga xizmat ko‘rsatyapti. Trevis Uber kompaniyasi orqasidan 6.3 milliard dollarni ishlab topishga muvaffaq bo‘ldi.

Jek Dorsi
Forbes dunyoning eng yosh va oila qurmagan milliarderlari ro‘yxatini e’lon qildi
Jek Dorsi 1.3 milliard dollarlik mablag‘ga egalik qiladi. U ayni paytda Tvitter ijtimoiy tarmog‘i va Square hisobchilik kompaniyasining rahbari sanaladi. Bunday jiddiy biznes bilan shug‘ullanadigan rahbarning tatuirovkalar chizib pul topishi ensani qotiradi.

Manba: 1million.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.