2016 yil 24 iyun – Islom Karimovning so‘nggi uchrashuvlari

2016 yil 24 iyun – Islom Karimovning so‘nggi uchrashuvlari
2016 yil 24 iyun sanasi O‘zbekiston tarixida alohida o‘ringa ega kun sifatida qayd etiladi. Roppa-rosa 1 yil avval shu kun Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti o‘tkazilgan edi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti marhum Islom Karimov raisligida o‘tgan majlisda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etgan.
2016 yil 24 iyun – Islom Karimovning so‘nggi uchrashuvlari
24 iyun kuni Islom Karimov xorijiy hamkasblari bilan so‘nggi marta uchrashgan edi. Shu kuni yuqoridagi davlatlar rahbarlarining barchasi bilan alohida muloqot tashkil etilgan edi.

Bundan tashqari, 1 yil avval O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan birgalikda poytaxtda qad rostlagan Aleksandr Sergeevich Pushkin haykali poyiga gul qo‘yishgan edi.
2016 yil 24 iyun – Islom Karimovning so‘nggi uchrashuvlari
O‘shanda Vladimir Putin O‘zbekistonga tashrifi samarali bo‘lganini ta’kidlab, yuksak saviyada tashkil etilgan ShHT sammiti uchun Islom Karimovga minnatdorlik bildirgan edi.

Albatta, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bugun oramizda yo‘qligi dilimizni xira qiladi. Yurtboshimizning xalqimizga hadya qilgan ozodligi, xizmatlarini aslo unutmaymiz!
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.