Baliq u bilan suratga tushmoqchi bo‘lgan baliqchidan qochib ketdi (Video)

Baliq u bilan suratga tushmoqchi bo‘lgan baliqchidan qochib ketdi (Video)
Chexiyada ushlagan balig‘i bilan suratga tushmoqchi bo‘lgan baliqchidan o‘ljasi qochib ketdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Mazkur voqea Brno shahri yaqinidagi suv havzalaridan birida ro‘y berdi.

Videoda baliqchining avvaliga tutgan balig‘ini tanishiga maqtangani, keyin uni erga qo‘yib suratga tushmoqchi bo‘lgani, baliq sirg‘anib suvga tushib ketgani aks etgan. Baliqchilarning uni tutish uchun qilgan harakati natija bermadi. Baliq qochib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Nashrning xabar berishicha, baliqchilar fotosessiyadan keyin baliqni suvga qo‘yib yuborishni rejalashtirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.