Yotoqxonada turuvchilar Toshkentda doimiy propiskaga ega bo‘ladi

Yotoqxonada turuvchilar Toshkentda doimiy propiskaga ega bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar bermoqda.

Yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, 2015 yil 15 sentyabrgacha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turar-joy binosiga aylantirilgan yotoqxonalarda doimiy yashovchilar shu uyni xususiylashtirish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Uy-joyni xususiylashirish imkoniyati 2018 yil 1 iyulgacha taqdim etiladi. Shu vaqtgacha Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga davlat ro‘yxatidan o‘tish va notarial tasdiqlatishga ruxsat beriladi.

Shu tariqa, yotoqxonalarni xususiylashtirgan uy-joy egalari mos ravishda Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olinadilar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.