“Bog‘bon” 21 kilogramm giyohvandlik vositasini sotgan vaqtida qo‘lga tushdi

Andijon viloyati miqyosida o‘tkazilayotgan keng qamrovli “Qora dori-2017” tezkor-profilaktika tadbirining I-bosqichi davomida Shahrixon tumani IIB tumanda istiqomat qiluvchi R.A. ism-sharifli kishini (ism shariflari o‘zgartirilgan) qo‘lga oldi.
Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Bo‘z tumanidagi bog‘dorchilik xo‘jaliklaridan birida ishlovchi shaxs Shahrixon tumani hududidagi “Toshkent-Andijon” “A-373” yo‘lida 3 dona polietilen qoplarda bo‘lgan jami og‘irligi 21 kg 160 gramm marixuana giyohvand moddalarini 1 mln so‘mga sotayotgan vaqtda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tuman IIB huzuridagi Tergov Departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Bo‘z tumanidagi bog‘dorchilik xo‘jaliklaridan birida ishlovchi shaxs Shahrixon tumani hududidagi “Toshkent-Andijon” “A-373” yo‘lida 3 dona polietilen qoplarda bo‘lgan jami og‘irligi 21 kg 160 gramm marixuana giyohvand moddalarini 1 mln so‘mga sotayotgan vaqtda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tuman IIB huzuridagi Tergov Departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













