Amerika telejurnali O‘zbekiston haqida ko‘rsatuv tayyorlaydi

Amerika telejurnali O‘zbekiston haqida ko‘rsatuv tayyorlaydi
O‘zbekiston Respublikasining diqqatga sazovor joylari, boy madaniy-tarixiy merosini xorijda ommalashtirish va turistik salohiyatini ko‘rsatish maqsadida “National Geographic Traveler” jurnalining Londondagi idorasi vakillari 2017 yilning 26-31 iyul kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

Ular O‘zbekiston madaniyati, tarixiy-arxitektura va sayyohlik obidalari, mashhur rassom V.Useinov ijodi to‘g‘risida maxsus lavhalar tayyorladilar.

Xorijiy jurnalistlar Toshkentdagi o‘zbek rassomlari ustaxonalari, amaliy san’at muzeyi, Chorsu bozori va eski shahar hududiga tashrif buyurdilar.

Shuningdek, ular farg‘onalik rassom V.Useinov bilan uchrashib, Marg‘ilonning dunyoga mashhur xon atlasini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.