10-sinf uchun 12 fandan yangi darsliklar tayyorlandi

10-sinf uchun 12 fandan yangi darsliklar tayyorlandi
Joriy yilda umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qadam qo‘yadigan bolalar uchun o‘quv darsliklari 7 tilda tayyorlab, ta’lim muassasalariga yetkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov KUN.UZ’ga ma’lum qildi.
10-sinf uchun 12 fandan yangi darsliklar tayyorlandi
Shuningdek, ma’lum qilinishicha, birinchi sinfda o‘qishni boshlaydigan o‘quvchilarning har biriga 12 turdagi o‘quv qurollari va o‘quvchilik portfeli tayyorlab qo‘yilgan. 1-sinfga kelayotgan o‘quvchilar har yili yangidan nashr etiladigan 12 nomdagi darsliklar bilan ham ta’minlanadi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab, umumta’lim maktablarida o‘quvchilar 10 sinflarda o‘qishni davom ettirishadi. Ularning ta’lim olishi uchun 10 sinfning 12 fani bo‘yicha tuzilgan yangi o‘quv reja va dasturlar asosida darsliklar tayyorlangan.
10-sinf uchun 12 fandan yangi darsliklar tayyorlandi
Qolaversa, farzandi maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan ota-onalarga davlat byudjeti hisobidan 7 turdagi kitoblar beriladi. Ota-onalar bu kitoblar orqali farzandlarini maktabga mustaqil o‘zlari tayyorlashadi.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.