Piskent tumanida 45-50 atrofidagi noma’lum erkak kishining murdasi topildi

Piskent tumanida 45-50 atrofidagi noma’lum erkak kishining murdasi topildi
Joriy yilning 30 avgust kuni tungi vaqtda Piskent tumani “Namuna” mahallasi hududidan yevropa millatiga mansub yoshi 45-50 atrofidagi noma’lum erkak kishining murdasi qotillik a’lomatlari bilan topilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.

O‘tkazilgan sud tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchining bosh qismiga ko‘plab og‘ir tan jarohatlari yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Hozirgi vaqtda jabrlanuvchining shaxsini aniqlash va mazkur o‘ta og‘ir jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.