13 yoshli qiz vafotidan keyin 8 kishining hayotini saqlab qoldi

13 yoshli qiz vafotidan keyin 8 kishining hayotini saqlab qoldi
Britaniyada bir qizning donorlik a’zolari tufayli 8 kishining hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lindi. The Guardian nashriga tayanib Kun.uz\'ning yozishicha, donor bosh miya anevrizmidan halok bo‘lgan 13 yoshli britaniyalik Jemima Leyzel bo‘lgan.

Qizchaning ota-onasi uning vafotidan keyin organlarini boshqa muhtoj kishilarga berishga qaror qilishgan. Qizning tana a’zolari ko‘chirib o‘tkazilgan 8 kishidan 5 nafari bolalardir. 3 kishi Jemimaning yuragini, ingichka ichagi va oshqozonosti bezini, 2 kishi uning buyraklarini, yana bir kishi o‘pkasini olgan. Qizning jigari esa ikki kishi orasida taqsimlangan.

Jemimaning ota-onasi bunday qarorga kelish qiyin bo‘lganini, biroq ular shunchalik ko‘p miqdordagi odamlarning hayotini saqlab qolishgani uchun xursand ekanliklarini aytishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.