Qarshida ikki Damas ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi

Qarshida ikki Damas ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi
Bugun, 11 sentyabr kuni Qarshi shahrida ikki avtotransport vositasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Ikki Damas avtomobilining bir-biriga urilishi oqibatida yirik YTH sodir etilgan.
Qarshida ikki Damas ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi
Voqea joyidagi suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bo‘lib, mashinalar to‘qnashishi natijasida avtomobillardan biri ag‘darilib ketgan.

Oq rangli Damas avtomobilining old qismi zarar ko‘rgan bo‘lsa, qaymoq rangdagi Damas ag‘darilgan va uning tom qismi majaqlangan.

YTH oqibatida jarohatlanganlar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.

Manba: qalampir.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.