Marg‘ilonda o‘tayotgan "Atlas bayrami" festivalida 2 tonnalik osh tayyorlandi

Marg‘ilonda o‘tayotgan "Atlas bayrami" festivalida 2 tonnalik osh tayyorlandi
Marg‘ilonda o‘tkazilayotgan \"Atlas bayrami\" milliy matolar festivalida 2 tonnalik osh tayyorlanmoqda. Bu haqda Facebook foydalanuvchilaridan biri \"Xalq bilan muloqot\" guruhida xabar qoldirdi, deb yozmoqda Uz24 sayti.

\"Marg‘ilonda «Atlas bayrami» milliy matolar festivali bo‘lib o‘tmoqda. Sayyohlar ham tashrif buyurishgan. Sayyohlarni jalb etgan yana bir voqeilik 23 yoshli oshpaz o‘z tengdoshlari o‘rtasida shaxsiy rekordini o‘rnatish maqsadida 2 tonnalik osh pishirishga tayyorlanmoqda va ushbu osh damlandi. Hurmatli guruhdoshlar, palov ustalarini qo‘llab-quvvatlaylik\", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 8 sentyabr kuni Toshkentda “O‘zbegim” festivali doirasida dunyodagi eng katta — 7 tonnayu 360 kg miqdorda palov tayyorlandi va u \"Ginnessning rekordlari kitobi\"ga kiritildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.