Oilaviy janjal ayanchli yakun topdi

Oxangaron tumanida, 6 sentyabr kuni 1988 yilda tug‘ilgan Og‘abek To‘lqinov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) oilaviy kelishmovchilik oqibatida o‘zaro janjallashib xotini, 1992 yilda tug‘ilgan Ra’no Ulug‘bekovani qo‘l va oyoqlari bilan urib, do‘pposlab unga tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi tan jarohati olib kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay 7 sentyabr kuni shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Toshkent viloyat IIB ma’lum qildi.
Ushbu holat yuzasidan Og‘abek To‘lqinovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovni IIB olib bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ushbu holat yuzasidan Og‘abek To‘lqinovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovni IIB olib bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













