Qibraylik ayol uch oylik o‘g‘lini 500 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtda ushlandi

Qibraylik ayol uch oylik o‘g‘lini 500 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtda ushlandi
Qibray tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan bola sotish holatining oldi olindi.

Xususan, bir guruh fuqarolar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etib, Qibray tumanida yashovchi ayol o‘z farzandini begona shaxslarga 1000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lib yurganini bildirgan.

Xabarga asosan zudlik bilan mazkur holatning oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazilib, tumanda yashovchi M.Ismoilova (1990 y.t.) 2017 yilning iyun oyida tug‘ilgan, uch oylik o‘g‘lini 500 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtda ushlandi.

Toshkent viloyati prokuraturasidan xabar berishlaricha, hozirgi vaqtda jinoyat sodir etilishi sabablari aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.