Video: Delfinlar “mehmonga” kelgan olmaxonlardan taajjubga tushishdi

Video: Delfinlar “mehmonga” kelgan olmaxonlardan taajjubga tushishdi
Florida shtatidagi Sea World okeanariumi xodimi Emi Shumaxer Facebook’dagi sahifasida g‘aroyib kadrlarni e’lon qildi, unda delfinlarning ikkita olmaxon “tashrifiga” reaksiyasini ko‘rish mumkin. Bu haqda Kun nashri yozmoqda.

Videodan ko‘rish mumkinki, to‘rtta delfin “tashrif” bilan kelgan olmaxonlardan birining xatti-harakatini qiziqish bilan kuzatgan va uni ko‘zdan qochirmaslikka intilishgan. Keyinchalik bunday “tomoshaga” yana bir delfin kelib qo‘shilgan.

\"Agarda siz kuningizni noodatiy joziba bilan bezamoqchi bo‘lsangiz, bolachalarning yoniga mehmonlar kelganida nima ro‘y berganiga qarang\", - deya yozdi Shumaxer Facebook’da. Video hozirga qadar 1,4 million marotaba ko‘rildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.