Rossiyaning Birinchi kanali boshlovchisi ko‘rsatuv mehmoniga «hujum qildi»

Rossiyaning Birinchi kanali boshlovchisi ko‘rsatuv mehmoniga «hujum qildi»
Rossiyaning Birinchi kanalidagi «Vaqt ko‘rsatadi» tok-shousi boshlovchisi Artyom Sheynin ko‘rsatuv davomida dastur mehmoni, amerikalik jurnalist Maykl Bomga tashlanib qoldi.

Ko‘rsatuv Rossiyaning San-Fransiskodagi bosh konsulligidan davlat bayroqlarini yechishga bag‘ishlangandi. Dastur davomida Bom Sheyninning so‘zini uzib qo‘yadi, bunga javoban esa u amerikalik jurnalistning kostyumidan ushlab oldi va «provokatsiya qilmaslikni» qat’iy tavsiya qildi.

Vaziyatga Sheyninning hamkasbi Yekaterina Strijenova hamda ko‘rsatuv mehmoni Frans Klinsevich ham aralashgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.