Barak Obamani o‘ldirishga uringan o‘zbekistonlik 15 yilga qamaldi

Barak Obamani o‘ldirishga uringan o‘zbekistonlik 15 yilga qamaldi
Bruklinda (AQSh) istiqomat qiluvchi 27 yoshli O‘zbekiston fuqarosi IShID terrorchilik tashkilotini qo‘llab-quvvatlagani va tashkilotga a’zo bo‘lish niyatida bo‘lgani uchun 15 yillik qamoq jazosiga mahkum etildi.

AQSh adliya vazirligi saytida xabar qilinishicha, Abdurasul Jo‘raboyev 2014 yilda guruh saytlaridan birida xudkush bo‘lish istagini bildirib, AQShning sobiq prezidenti Barak Obamani o‘ldirishga tayyor ekanligini aytgan.

Shundan so‘ng, qonunbuzar tarafdorlari bilan Suriyaga borib, terrorchilar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan.

Abdurasul Jo‘raboyev Istanbul orqali Suriyaga uchib ketishga uringanida Jon Kennedi aeroportida ushlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.