Poytaxtda benzin narxining oshishi qanday kutib olindi?

Poytaxtda benzin narxining oshishi qanday kutib olindi?
Bugun mamlakatimizda benzin narxlari keskin ko‘tarildi. Ushbu hodisadan oldinroq xabar topgan haydovchilar kecha tunda Toshkent shahridagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida (AYOQSH) uzun navbatlarni yuzaga keltirgani to‘g‘risida shov-shuvlar tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 14 noyabrdagi 3386-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 15 noyabrdan benzin va dizel yoqilg‘isi narxi oshirildi.
Poytaxtda benzin narxining oshishi qanday kutib olindi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi qaroriga ko‘ra, 15 noyabrdan eng arzon Ai-80 rusumidagi benzinning 1 litri narxi 3800 so‘m, Ai-91 markadagi benzin narxi esa 4300 so‘m bo‘ladi. Shuningdek, 1 litr dizel yoqilg‘isi 4100 so‘m, EKO dizel yoqilg‘isi esa 4200 so‘mga chiqdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.