Yana pichoqbozlik, yana kollej o‘quvchisi qo‘lida pichoq

Yana pichoqbozlik, yana kollej o‘quvchisi qo‘lida pichoq
2017 yil 18 noyabr kuni soat tushdan so‘ng Toshkent viloyati Toshkent tumanida istiqomat qiladigan, Maishiy xizmat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji so‘nggi bosqich o‘quvchisi o‘zining qo‘shnisiga pichoq bilan tan jarohati yetkazdi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

Qo‘shnisi bilan yuzaga kelgan janjalda kollej o‘quvchisi oshxona pichog‘i bilan uning qorniga zarba beradi, natijada esa 47 yoshli fuqaroning sog‘lig‘iga zarar yetadi.

Toshkent viloyati IIB tergov siri bois ismlarni oshkor etmadi.
Lekin, voqea qo‘shnining o‘quvchining telefon raqamini uchinchi kishiga bergani ortidan kelib chiqqan.

Hozirda, jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olgan va shifoxonaga olib borilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib tezkor tergov-surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.