Gruziyadan Gretsiyaga uchib ketayotgan samolyotni yashin urdi

Gruziyadan Gretsiyaga uchib ketayotgan samolyotni yashin urdi
Gruziyaning Kutaisi shahridan Gretsiyaning Salonikisiga parvoz qilgan samolyot Bolgariya poytaxti Sofiya shahri aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bunga havo kemasiga yashin urgani sabab bo‘lgan. Bu haqda «Rustavi 2» telekanaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, bortda taxminan 170 yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, ulardan hech kim jabrlanmadi.

Ayni damda havo kemasini tekshirish ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.