Rustam Inoyatovning yangi ish joyi ma’lum qilindi

Rustam Inoyatovning yangi ish joyi ma’lum qilindi
Sobiq MXX rahbari Rustam Inoyatov O‘zbekiston prezidenti apparatida ishlashda davom ettiradi. Kun.uz manbasi ma’lum qilishicha, Inoyatov prezidentning siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi etib tayinlandi.

U bu lavozimda bugun bosh prokuror bo‘lgan Otabek Murodov o‘rnini egalladi. Otabek Murodov MXX raisligiga o‘tgan Ixtiyor Abdullayevni almashtirgandi.

Shu tariqa, bundan avvalroq Hisob palatasi raisi Muzraf Ikromov davlat maslahatchisi bo‘lgani haqida berilgan xabarlar tasdiqlanmadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.