O‘qituvchilarga uy-joy ajratish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etiladi

O‘qituvchilarga uy-joy ajratish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etiladi
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ustoz-murabbiylarning sha’ni, qadr-qimmati va obro‘sini qonuniy himoya qiladigan qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov ma’lum qildi.

– Mazkur qarorda chekka-chekka tumanlarda, o‘zi yashaydigan hududdan olisda mehnat qiladigan o‘qituvchilarga uy-joy ajratish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etiladi, – dedi U.Inoyatov. – Bu bilan xalqimiz orasida o‘qituvchi degan sharafli kasb egalarining obro‘sini yanada oshirish ko‘zda tutilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.