2017 yilda 22 ming 600 nafar o‘zbekistonlik xorijga ko‘chib ketgan

2017 yilda 22 ming 600 nafar o‘zbekistonlik xorijga ko‘chib ketgan
2017 yilda O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar soni 157,1 ming kishini, ko‘chib ketganlar soni esa 177,7 ming kishini tashkil etgan.

155 ming kishi respublika hududida bir manzildan boshqa manzilga ko‘chib kelgan bo‘lsa, 2,1 ming kishi xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga ko‘chib kelgan. Ularning asosiy qismi Qozog‘iston (36,4 foiz) hamda Rossiyadan (31,0 foizi) kelgan.

20,6 ming nafar fuqaro doimiy yashash uchun chet elga ko‘chib ketgan. Bunda ularning aksariyati yashash manzilini Rossiya (52,2 foizi) hamda Qozog‘istonga (42 foiz) o‘zgartirgan.

Manba: qalampir.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.