Sud “Ahmadboy”ni 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi (video)

Sud “Ahmadboy”ni 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi (video)
Bugun Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida xalqimiz orasida Ahmadboy nomi bilan tanilgan chinozlik tadbirkor A.Tursunboyev hamda uning sheriklari ishi yuzasidan sud qarori e’lon qilindi, ya’ni hukm o‘qildi.

Ular O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan bir qator moddalar — firibgarlik, pora berish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanganidan hamda sud tergovi yakunlanganidan barchaning xabari bor.

A.Tursunboyev va sheriklari aytib o‘tilgan moddalar bo‘yicha ayblanayotgan bo‘lishlariga qaramay, so‘nggi so‘z berilganida buni muayyan darajada rad etdi. Jumladan, A.Tursunboyev odamlarni hech qachon aldamagani, ular o‘z ixtiyori bilan pulini keltirgani, maqsadi ushbu mablag‘ni tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali ko‘paytirish va so‘ngra egalariga qaytarish bo‘lganini aytdi.

Shu bilan birga, qilmishidan astoydil pushaymonligini bildirib, xalqimiz va Prezidentimizdan kechirim so‘radi.

Nihoyat, shular asosida sud qarori chiqarildi. Unga ko‘ra, A.Tursunboyev 13 yil ozodlikdan mahrum etildi. Uning sheriklariga ham tegishli jazo tayinlandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.