Toshkentda farzandini deb metroni portlatmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda farzandini deb metroni portlatmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Kecha, 22 fevral soat 15.40 larda “1009” xizmatiga o‘zini “Doniyor Xoliqov” deb tanishtirgan shaxs qo‘ng‘iroq qilib, va “Agar turmush o‘rtog‘im farzandimni 20 daqiqa ichida olib kelib bermasa, metroda portlash sodir bo‘ladi” deb go‘shakni qo‘yib qo‘ygan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu qo‘ng‘iroqni Shayxontohur tumani Qizil tamg‘a 3-tor ko‘chasi 3-uyda yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan Doniyor Xoliqov amalga oshirganligi aniqlanib, uni ushlash choralari ko‘rilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.