"Nasriddin Afandi" obrazi sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda

"Nasriddin Afandi" obrazi sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda
Buxoroning qadimiy qismidagi Turizm pavilonida bir oyoqda o‘tirgan \"Nasriddin Afandi\" obrazi paydo bo‘ldi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari xabariga asosan KUN.UZ ma’lum qilmoqda.
"Nasriddin Afandi" obrazi sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

"Nasriddin Afandi" obrazi sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Bundan avval, shaharda muallaq holatdagi allomalar va munajjimlarning paydo bo‘lgani haqida xabarlar berilgan edi.
"Nasriddin Afandi" obrazi sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Ta’kidlash joizki, muallaq allomalar va Nasriddin Afandi obrazlari mahalliy aholi va chet ellik sayyohlarning qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda. Zero ayni damda O‘zbekistonda Navro‘z bayrami nishonlanib, yurtimizning barcha shaharlarida ko‘plab xorijiy sayyohlar oqimi kuzatilmoqda.

Mehmonlar Buxoro shahridagi “Mohi Xossa” saroyi, “Somoniylar” maqbarasi, “Chashmayu-ayub”, “Poyi Kalon”, “Labi hovuz” majmualari, “Ark” qo‘rg‘oni, savdo toqlari va boshqa ko‘plab diqqatga sazovor joylar bilan tanishishmoqda. O‘lkamizda bayram tantanalari davom etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.