O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qiligan uddaburon “tanka” qo‘lga olindi

O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qiligan uddaburon “tanka” qo‘lga olindi
Afzal Quvvatov o‘tgan yili Shohidani (ism-shariflar o‘zgartirilgan)ni “kattaroq” tanishlari orqali Navoiy davlat pedagogika insitutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga qizning onasidan 3 ming dollar so‘raydi. Ikki tomonlama “manfaat”li bu kelishuv afsuski, Navoiy shahridagi 10-umumta’lim maktabi yonida yomon oqibat bilan tugaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi departamentning Navoiy shahar bo‘limi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida Afzal ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan A.Quvvatov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28-, 211-moddasi 1-qismlari bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.