O‘zbekistonda zilzila qayd etildi

O‘zbekistonda zilzila qayd etildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lumotiga ko‘ra 30 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:54 da O‘zbekiston Respublikasi hududida yer silkinishi qayd etildi.

Zilzila markazi Toshkent shahridan 360 km uzoqlikda janubiy yo‘nalishda Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan.

Zilzila magnitudasi markazda 5,8 ballni tashkil etdi. Zilzila kuchi Toshkent shahrida, Samarqandda, Sirdaryoda, Farg‘onada, Namanganda, Andijonda, Jizzaxda, Qashqadaryoda 2 ballni, Surxondaryoda 2—3 ballni tashkil etdi.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.

Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.