"Seni ko‘rishga ko‘zim yo‘q dugon!" yoxud dugonalarining suratini internetga joylab, ular sha’nini botqoqqa botirgan qiz

"Seni ko‘rishga ko‘zim yo‘q dugon!" yoxud dugonalarining suratini internetga joylab, ular sha’nini botqoqqa botirgan qiz
Surxondaryo viloyatida yashovchi (qizning ismi-sharifi va yashash manzili sir tutilgan) S. ismli qiz Internetdagi «Telegram» messenjeriga bir necha telefon raqamlari yordamida a’zo bo‘lib, «Qiziriq City» deb nomlangan guruh ochgan. Guruhga esa asosan yaqin dugonalarining suratlarini joylashtirish bilan shug‘ullanib kelgan. Dugonalarining suratini shunchaki joylashtirsa, boshiga kulfat tushmasdi. Ammo u suratlar ostiga bu qizlar fohisha ekanini, lekin ular bilan jinsiy munosabatga kirishib bo‘lmasligi, sababi, barchalari SPID bilan og‘riganlarini yozib, birovlarning halol, pok, hayoli qizlarini, farzandlarini botqoqqa botirib tashlagan.

Har bir jinoyatning o‘z jazosi bo‘lganidek, bu o‘zboshimcha qiz ham arzirli jazodan mosuvo qolmadi. Uni respublika jinoyat majmuasining 139-140- moddalariga asosan ikki yillik majburiy xizmatga mahkum etishdi. Ishlab topgan daromadining 20 foizi davlat foydasiga olib qolinishi belgilab qo‘yildi.

Manba: upl. uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.