Shavkat Mirziyoyev to‘y kortejini to‘xtatgan Yoshlar ittifoqi raisini keskin tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi davomida Yoshlar ittifoqining viloyat kengashi raisini savolga tutib, vodiyda to‘y kortejini to‘xtatib, kelin-kuyovni taksiga o‘tqazib yuborgan Yoshlar ittifoqi rahbarining harakatlariga munosabat bildirdi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.
«Balandparvoz gaplar, to‘ylarni yo‘lda to‘xtatish menga kerak emas. To‘ylarni yo‘lda to‘xtatgandan ko‘ra, senga o‘xshagan yoshlarning kattalari, dunyoqarashlaringni o‘zgartiringlar. Men to‘y masalasini, u bir yilda bo‘lmaydi, nima uchun cho‘zyapman, muhit paydo bo‘lishi kerak oldin. Prezident aytdi deb to‘yni to‘xtatish, bu Prezidentga xiyonat,» – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi davom etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Balandparvoz gaplar, to‘ylarni yo‘lda to‘xtatish menga kerak emas. To‘ylarni yo‘lda to‘xtatgandan ko‘ra, senga o‘xshagan yoshlarning kattalari, dunyoqarashlaringni o‘zgartiringlar. Men to‘y masalasini, u bir yilda bo‘lmaydi, nima uchun cho‘zyapman, muhit paydo bo‘lishi kerak oldin. Prezident aytdi deb to‘yni to‘xtatish, bu Prezidentga xiyonat,» – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi davom etmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













