Buxoroda Nexia ag‘darilib ketishi oqibatida 61 yoshli onaxon halok bo‘ldi

Xorazm viloyatining Gurlan tumanida yashovchi X.X. Nexia mashinasini “Toshkent—Xorazm” yo‘lining 412-kilometrida, Buxoro viloyatining Romitan tumanida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay yo‘l chetiga chiqib ketdi va ag‘darildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga tayanib Daryo xabar berdi.
YTH oqibatida ikki ayol — 61 yoshli Sh.Sh. va 59 yoshli D.S. jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, yo‘lovchilardan biri — Sh.Sh. hayotdan ko‘z yumdi.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!YTH oqibatida ikki ayol — 61 yoshli Sh.Sh. va 59 yoshli D.S. jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, yo‘lovchilardan biri — Sh.Sh. hayotdan ko‘z yumdi.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













