Qishloq joylardagi sartaroshxona, chevarxona va poyabzal ta’mirlash ustaxonalari barcha soliqlardan ozod etildi

Qishloq joylardagi sartaroshxona, chevarxona va poyabzal ta’mirlash ustaxonalari barcha soliqlardan ozod etildi
«Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanaliga tayanib Kun nashri ma’lum qilmoqda.

Qarorga ko‘ra, qishloq tumanlarida (bundan aholi soni 5 ming kishidan ko‘p bo‘lgan aholi punktlari mustasno) sartaroshxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar bo‘yicha kiyim tikish xizmatlarini, poyabzal ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni tashkil etgan, shuningdek, jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlar to‘lashdan ozod qilindi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.