Dilshod Akromovning vafoti haqida navbatdagi yangi gaplar

Xabaringiz bor, joriy yilning 4 avgust kuni Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig\'i Dilshod Akromov o\'z ishxonasida vahshiylarcha o\'ldirib ketilgan edi.
39 yoshli Dilshod Akromovning o\'limida uning shogirdi, Toshkent shahar IIBB HPB katta inspektori Rustam Abdullayev ayblanib, hibsga olindi. Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo\'zg\'atildi.
Bundan biroz avval, Rustam Abdullayev komadan chiqqanini ma\'lum qilingan edi.
“Qalampir.uz”ning bergan ma\'lumotlariga qaraganda, qotil Dilshod Akromovni o\'ldirishdan avval uning yuziga kuydirish xususiyatiga ega bo\'lgan kimyoviy modda (kislota) sepgan va Akromovga o\'tkir tig\'li pichoq bilan tashlangan. Qotil bir necha bor Akromovni pichoqlagan. Qolaversa, o\'zi ham o\'tkir tig\'li moslamalardan jarohat olgani aytilmoqda. Taxminlarga ko\'ra, Akromov o\'zini himoya qilish uchun unga ham jarohat yetkazgan.
Ayni damda tergov ishlari davom ettirilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!39 yoshli Dilshod Akromovning o\'limida uning shogirdi, Toshkent shahar IIBB HPB katta inspektori Rustam Abdullayev ayblanib, hibsga olindi. Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo\'zg\'atildi.
Bundan biroz avval, Rustam Abdullayev komadan chiqqanini ma\'lum qilingan edi.
“Qalampir.uz”ning bergan ma\'lumotlariga qaraganda, qotil Dilshod Akromovni o\'ldirishdan avval uning yuziga kuydirish xususiyatiga ega bo\'lgan kimyoviy modda (kislota) sepgan va Akromovga o\'tkir tig\'li pichoq bilan tashlangan. Qotil bir necha bor Akromovni pichoqlagan. Qolaversa, o\'zi ham o\'tkir tig\'li moslamalardan jarohat olgani aytilmoqda. Taxminlarga ko\'ra, Akromov o\'zini himoya qilish uchun unga ham jarohat yetkazgan.
Ayni damda tergov ishlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













