Abdulla Aripov, Abdulaziz Komilov va boshqalar Tojikistonning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanishdi

Abdulla Aripov, Abdulaziz Komilov va boshqalar Tojikistonning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanishdi
Foto: “president.tj”
Bugun, 30 avgust kuni Dushanbe shahrida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Oʻzbekistonning bir guruh davlat arboblari, ilm-fan, taʼlim va sanʼat vakillariga davlat mukofotlarini topshirdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov II darajali “Ismoili Somonї” ordeni bilan taqdirlanishdi.
Abdulla Aripov, Abdulaziz Komilov va boshqalar Tojikistonning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanishdi
Foto: “president.tj”
Shuningdek, Oʻzbekiston suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev I darajali “Sharaf” ordeni, Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zokirjon Almatov, Samarqand viloyati tojik madaniy markazi raisi Vaxidov Abduvaxob, Suv xoʻjaligi vaziri maslahatchisi Ismoil Joʻrabekov, “Ovozi tojik” gazetasi boʻlim boshligʻi Toʻxtamish Toʻxtayev, Buxoro universiteti professori Tavakkal Choriyev “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlanishdi.

Sherali Joʻrayev hamda Mavluda Xalilova Tojikiston xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.