Daraxtga borib urilgan Nexiaʻda qisilib qolgan erkak qutqarib olindi (foto)

Daraxtga borib urilgan Nexiaʻda qisilib qolgan erkak qutqarib olindi (foto)
Toshkentda qutqaruvchilar yoʻl chetidagi daraxtga borib urilgan Nexia salonida qisilib qolgan erkakni chiqarib oldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Daraxtga borib urilgan Nexiaʻda qisilib qolgan erkak qutqarib olindi (foto)
Foto: FVV
9 sentyabr kuni soat 21:35 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Mirzo Ulugʻbek tumani Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida Nexia rusumli avtoulovi boshqaruvini yoʻqotib yoʻl chetidagi daraxtga urilganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Ushbu xabarga asosan boshqarma Qutqaruv otryadining qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, Nexia rusumli avtoulov salonida qisilib qolgan fuqaro yoʻlovchi R.M.ni zudlik bilan maxsus asbob-anjomlar yordamida chiqarib oldi va tibbiyot xodimlariga topshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.