Haydovchilik guvohnomasini yangisiga qanday almashtirish mumkin?

Haydovchilik guvohnomasini yangisiga qanday almashtirish mumkin?
Davlat xizmatlari markazlarida 20 minutda haydovchilik guvohnomasini yangilash mumkin, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

“Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun faqat haydovchilik guvohnomasi, talon hamda pasport kerak boʻladi holos. Hammasiga bor yoʻgʻi 20 minut vaqtingiz sarflanadi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek xabarda aytilishicha 129 010 soʻm pul ham kerak boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari prezident qaroriga asosan 2017yilning dekabr oyida tashkil qilingan edi. Ayni damda Agentlik aholiga va tadbirkorlarga 31 ta davlat xizmatlarini koʻrsatish imkoniyatiga ega. Agentlikning hududiy boʻlinmalari Qoraqalpogʻiston respublikasi va barcha viloyatlar markazlarida ochilgan.
Haydovchilik guvohnomasini yangisiga qanday almashtirish mumkin?
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.