Yana bir tashkilot xodimlari Toshkentda doimiy propiska olishi mumkin boʻldi

Yana bir tashkilot xodimlari Toshkentda doimiy propiska olishi mumkin boʻldi
“Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatiga oʻz rahbarlari va xodimlarini Toshkent hamda Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish boʻyicha iltimosnoma kiritish huquqi berildi. Bu haqdagi qaror loyihasi normativ huquqiy hujjatlar portaliga joylashtirildi.

Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatidagi tashkilotlar soni 65 taga yetadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.