Yana bir boshliq pora berish chogʻida ushlandi

Yana bir boshliq pora berish chogʻida ushlandi
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida prokuratura vakillari tuman Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshligʻini qoʻlga oldi.

“Tuman Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshligʻi B.D. prokuratura xodimiga u tashkilot faoliyatida aniqlangan qonunbuzarliklar boʻyicha bayonnomada kamchiliklarni koʻrsatmasligi evaziga 200 dollar miqdorida pora taklif qilgan. B.D. prokuratura xodimining xizmat xonasida 200 dollar pora berishga urinish chogʻida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi”, — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Ushbu holat boʻyicha B.D.ga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) 1-qismiga muvofiq jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.