Chaqaloqni 8500 AQSH dollarga baholab sotayotgan dallol qoʻlga olindi (video)

Davlat xavfsizlik xizmati va Toshkent IIBB xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahri, Yashnobod tumanida joylashgan Rohat avtosaloni yaqinida murgʻakkina goʻdakni sotayotgan fuqaro M.A. qoʻlga olindi.
Maʼlum boʻlishicha, M.A bu savdoda vositachi, yaʼni dallol vazifasini bajargan. U goʻdakni Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida istiqomat qiluvchi ayol va uning turmushga chiqmay chaqaloqni dunyoga keltirgan qizidan olib, uchinchi shaxsga sotmoqchi boʻlgan.
M.A bolani 8500 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan qoʻlga olingan. VIDЕO
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Maʼlum boʻlishicha, M.A bu savdoda vositachi, yaʼni dallol vazifasini bajargan. U goʻdakni Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida istiqomat qiluvchi ayol va uning turmushga chiqmay chaqaloqni dunyoga keltirgan qizidan olib, uchinchi shaxsga sotmoqchi boʻlgan.
M.A bolani 8500 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan qoʻlga olingan. VIDЕO
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













