Sudlanganlikka oid maʼlumotlarni olish osonlashdi

Sudlanganlikka oid maʼlumotlarni olish osonlashdi
Ichki ishlar organlari sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida hukumat qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi kanalida yozilishicha, qaror bilan quyidagi davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlari tasdiqlandi:
  • Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha;
  • Manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish boʻyicha.

Maʼmuriy reglamentlarga muvofiq, jismoniy shaxslar quyidagi maʼlumotlarni olish uchun faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar:
  • muqaddam sudlanganligi;
  • jinoiy javobgarlikka tortilganligi;
  • reabilitatsiya qilinmaydigan asoslarga koʻra javobgarlikdan ozod etilganligi holatiga oid maʼlumotnoma;
  • manzil-maʼlumot axborotlarini (doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganligi, shuningdek, maʼlumot mavjud emasligi).

Mazkur xizmatlar uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.

Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Sudlanganlikka oid maʼlumotlarni olish osonlashdi
Manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish esa quyidagi bosqichlardan iborat:
Sudlanganlikka oid maʼlumotlarni olish osonlashdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.