"O‘zekspomarkaz"dagi ko‘rgazmada Rossiyaning yirik sanoat korxonalari o‘z mahsulotlarini namoyish etishmoqda

"O‘zekspomarkaz"dagi ko‘rgazmada Rossiyaning yirik sanoat korxonalari o‘z mahsulotlarini namoyish etishmoqda
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida hududlararo hamkorlik 1-forumi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, tomonidan Rossiya Federatsiyasining Iqtisodiy rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan forum doirasida Rossiyadagi yirik ishlab chiqarish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Rossiyaning Rostov, Ivanovo, Orenburg, Penza, Samara, Chelyabinsk viloyatlari, Oltoy o‘lkasi va boshqa hududlaridagi yirik sanoat korxonalari o‘z mahsulotlarini namoyish etishmoqda.

Ko‘rgazmadan yengil sanoat, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, qandolatchilik, farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar o‘rin olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.