Putinning tashrifiga oʻzgacha nigoh: “Havoni yaxshilovchi rayhon va maxsus shokolad”

Putinning tashrifiga oʻzgacha nigoh: “Havoni yaxshilovchi rayhon va maxsus shokolad”
Vladimir Solovyov boshlovchilik qilayotgan “Rossiya-1” telekanalidagi yangi loyihada Rossiya prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi oʻzgacha nigohda taqdim etildi.

“Azaldan mehmondoʻst boʻlgan Oʻzbekiston bu safar Rossiya prezidenti Vladimir Putinni kutilganidan ham ortiq darajada kutib oldi. Hattoki Rossiya prezidentining samolyotiga trap ham qizil yoʻlakdan keltirildi. Muzokaralar uchun xonadagi havo esa rayhon yordamida yaxshilandi”, - deyiladi lavhada.

Qayd etilishicha, Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi munosabati bilan maxsus shokolad ham chiqarilgan.
Putinning tashrifiga oʻzgacha nigoh: “Havoni yaxshilovchi rayhon va maxsus shokolad”
Shuningdek, lavhada Shavkat Mirziyoyevning Putinni jahon miqyosidagi buyuk davlat arbobi deb atashi tilga olingan. Oʻz navbatida, Putin samimiy qabul, shuningdek, samarali muzokaralar uchun Oʻzbekiston prezidentiga minnatdorlik izhor qildi. “Menimcha, Shavkat Miromonovich mening tarixga qoʻshgan hissamni biroz oshirib koʻrsatdi”, - degan Rossiya rahbari.

Bundan tashqari, lavhada Oʻzbekistondagi maktablarda rus tilini oʻrganishga katta eʼtibor qaratilishi aytiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.