Ajabo! Tirkamadagi paxtaning ichidan tuproq, tarvuz, hatto odam ham chiqdi...

Ajabo! Tirkamadagi paxtaning ichidan tuproq, tarvuz, hatto odam ham chiqdi...
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanining 3-sektorida joylashgan “Xalqobod paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Bo‘z ovul” fermer xo‘jaligi tomonidan olib kelingan 2110 kilogramm paxta o‘lchovdan o‘tkazilgandan keyin ko‘zdan kechirilganda traktor tirkamasidagi paxta orasida odam borligi aniqlangan. Bu odam traktor tirkamasidan tushirilib qayta o‘lchanganda, paxtaning og‘irligi 2020 kilogramm tosh bosgan.
Ajabo! Tirkamadagi paxtaning ichidan tuproq, tarvuz, hatto odam ham chiqdi...
Yana shunday holat: ushbu jamiyatga qarashli “B.Karimberdiyev” paxta qabul qilish punktiga “Alliyar Azamat” fermer xo‘jaligi tomonidan olib kelingan 1426 kilogrammlik paxta xom ashyosi o‘lchangandan keyin tekshiruvdan o‘tkazilganda, paxta yuklangan traktor tirkamasining ostida jami 330 kilogramm tuproq solingan 5 xalta va 6 ta tarvuz borligi aniqlangan.
Ajabo! Tirkamadagi paxtaning ichidan tuproq, tarvuz, hatto odam ham chiqdi...
Ushbu holatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat inspeksiyasi Kegeyli tumani bo‘limi xodimlari tomonidan aniqlangan.
Ajabo! Tirkamadagi paxtaning ichidan tuproq, tarvuz, hatto odam ham chiqdi...
Aniqlangan holatlar bo‘yicha bo‘lim tomonidan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, tuman ma’muriy sudiga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

Sud tomonidan joriy yil 30 oktyabr kuni huquqbuzarlarning har biriga eng kam ish haqining bir barobaridan, ya’ni, 184 ming 300 so‘mdan ma’muriy jarima solingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.