Urganchda ko‘prik qulab tushdi (foto)

Urganchda ko‘prik qulab tushdi (foto)
1 noyabr kuni tunda Urganch – Cholish yo‘lining 10 kilometridagi kanalga qurilgan ko‘prik qisman qulab tushdi.

Aniqlangan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘prik yuk avtomobili og‘irligini ko‘tarolmay, qulab tushgan. Transport vositasi uning ustidan o‘tib ketishga ulgurgan deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

2 noyabr kuni holatiga Urganch – Cholish yo‘lining 10 kilometri yopib qo‘yilgan, undan Xorazm viloyatini Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumani bilan bog‘lovchi, Amudaryo ko‘prigiga o‘tishning iloji yo‘q. Barcha transport vositalari aylanma yo‘llarga yo‘naltirilmoqda. Fuqarolar esa ko‘prikning butun qolgan qismidan o‘tkazilmoqda.
Urganchda ko‘prik qulab tushdi (foto)
Amudaryo ko‘prigi shtat rejimida ishlayapti, undan transport vositalari o‘tkazilmoqda.

Hozirgi vaqtda qulab tushgan ko‘prik yonidan boshqa, vaqtinchalik, kichikroq ko‘prikning qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Uni 3 noyabr kuni ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Voqea kecha soat 19:15 da sodir bo‘lgan. Katta yuk mashinasi o‘tayotganda ko‘prikning bir tomoni o‘pirilib tushgan. Yuk mashinasi ko‘prikdan o‘tishga ulgurgan. Uning izidan kelayotgan “Damas” haydovchisi chuqurni ko‘rib, shoshib qoladi va rulni keskin burishi natijasida mashina ag‘darilib ketadi. Jabrlanganlar yo‘q.
Urganchda ko‘prik qulab tushdi (foto)
\"Mazkur ko‘prik orqali o‘tuvchi yo‘l Xorazm viloyatini Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumani bilan bog‘lovchi Amudaryo ko‘prigiga olib boradi, – deydi G‘ulomjon Ro‘ziboyev.

– Ayni paytda mashinalar aylanma yo‘llar orqali yurishga majbur bo‘lmoqda. Hozirgi o‘pirilib tushgan ko‘prik yonidan vaqtinchalik ko‘prik qurilayotir. Quruvchilarning aytishicha u 3 noyabr kuni ishga tushiriladi\".
Urganchda ko‘prik qulab tushdi (foto)
Ko‘prikning butun qolgan qismidan odamlar qatnamoqda. Ko‘prik qachon tiklanishi ma’lum emas. Hozircha rasmiylar bu borada hech qanday izoh berishmadi.
Urganchda ko‘prik qulab tushdi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.