Jalaquduqda 21 yoshli bosqinchi qo‘lga olindi

Jalaquduqda 21 yoshli bosqinchi qo‘lga olindi
Jalaquduqda 21 yoshli bosqinchi qo‘lga olindi

Andijon viloyati Jalaquduq tumani IIB navbatchilik qismiga tumanda istiqomat qiluvchi bir ayolga hujum uyushtirilgani haqida axborot kelib tushdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIVning “Na postu” gazetasi.

Ma’lum bo‘lishicha, qonunbuzar ayolning uyiga bostirib kirib, undan uydagi barcha qimmatli buyumlarini topshirishni talab qilgan. Ayol esa bo‘sh kelmay, bosqinchini haydab chiqarishga harakat qilgan.

Shunda bosqinchi erkak ayolga tashlanib, uni erga yotqizib, bo‘g‘a boshlagan. Biroq ayolning baqir-chaqirini qo‘shnilar eshitishgan va ichki ishlar organlariga xabar berishgan.

“Haddan tashqari ko‘p shovqin kelib chiqqanini tushungan chaqirilmagan mehmon tartib posbonlari bilan duch kelib qolmaslik uchun qochishga qaror qilgan. Voqea joyiga etib kelgan tezkor guruh esa xuddi jinoyatning “izi sovimasdan” shu tumanda istiqomat qiluvchi 21 yoshli yigitni qo‘lga olgan”, – deyiladi gazeta xabarida.

Manba: kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.